Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 yoshida millionerga aylangan bloger qiz 18 yoshida halok bo‘ldi

15 yoshida millionerga aylangan bloger qiz 18 yoshida halok bo‘ldi

Foto: «Pinterest.com.au»

18 yoshli rossiyalik bloger Anastasiya Tropitsel Balida avtohalokatga uchradi. Bu haqda Instagram-akkauntida xabar berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tropitsel mototsiklda sayr qilayotganda halokatga uchragan. Bloger qizning Instagram-akkauntida foydalanuvchilar o‘z hamdardliklarini bildirishgan. Uning sahifasiga bir millionga yaqin foydalanuvchi a’zo bo‘lgan.

Anastasiya Tropitsel frilansga bag‘ishlangan blog yuritgan, internetda pul ishlab topgan va doimo o‘z ustida ishlagan. Qizning profilida yozilishicha, u 15 yoshida millionerga aylangan.

«Afsuski, Nastya endi oramizda yo‘q. Men bunga ishonolmayapman», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring