Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlarga 1500 dollardan, maktab o‘quvchilariga 500 dollardan mukofot. Navbatdagi tanlov e’lon qilindi

Yoshlarga 1500 dollardan, maktab o‘quvchilariga 500 dollardan mukofot. Navbatdagi tanlov e’lon qilindi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) respublika aholisining AKTga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida «Bir million dasturchi» («One Million Uzbek Coders») faol ishtirokchilari uchun tanlov e’lon qildi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o‘z shaxsiy tashabbuslarni ko‘rsatib, boshqa ishtirokchilarni rag‘batlantirishlari, platformadan foydalanishga va loyihaning telegram guruhlari va ijtimoiy tarmoqlarida o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlariga yordam berishlari kerak. Bundan tashqari ular o‘z maqolalarini, loyiha doirasida erishgan yutuqlari haqidagi materiallarni hamda IT va yangi texnologiyalar mavzuiga oid foydali maqolalar tarjimalarini yuborishlari mumkin.

Tashabbuskorlik darajasi va tanlovda g‘alabani qo‘lga kiritish imkoniyatlari qator mezonlarga muvofiq baholanadi. Birinchidan, onlayn kanallarda faollik ko‘rsatish darajasi qiyosiy raqamli ko‘rsatkichlar bo‘yicha va xabarlarning sifatiga ko‘ra (axborotning foydaliligi, loyiha maqsadlariga muvofiqligi) baholanadi. Ikkinchidan, yuborilgan maqolalarning sifati – ularning dolzarbligi, noyobligi, foydaliligi hamda tilning grammatik va notiqlik normalariga muvofiqligi. Maqola o‘zbek tilida tayyorlanishi kerak.

Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun loyiha portalida (http://uzbekcoders.uz) ro‘yxatdan o‘tib, loyiha ishtirokchisiga aylanish va o‘qishni boshlash kerak. Bundan tashqari, loyihaning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga obuna bo‘lish va telegram guruhlariga qo‘shilish hamda loyiha guruhida maqolalarni chop etish ham talablardan biridir. Maqolalarni 2021 yil 12 yanvargacha chop etish kerak.

Umumiy yosh toifadagi eng yaxshi uchta ishtirokchi 1500 dollar ekvivalent so‘m miqdorida, maktab yoshidagi eng yaxshi uchta ishtirokchi esa 500 dollar ekvivalent so‘m miqdoridagi sovrin bilan mukofotlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring