Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponlar O‘zbekistonda temir yo‘l transportini rivojlantirishga tayyor

Yaponlar O‘zbekistonda temir yo‘l transportini rivojlantirishga tayyor

8 noyabr kuni Transport vazirligida Yaponiya xorijiy temir yo‘l tizimlari assotsiatsiyasi (JORSA) ijrochi direktori T.Murasaki boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mamalakatimizning tegishli tashkilot va kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston bozor imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan ushbu delegatsiya tarkibidan Hitachi Rail Europe, Kyosan Electric Mfg, Mitsubishi Electric Corp., The Nippon Signal, Toshiba International, Marubeni, Mitsui, Sojitz, Sumitomo kabi Yaponiyaning eng yirik kompaniyalari vakillari o‘rin olgan.

Uchrashuvda transport tizimi, xususan, temir yo‘l transporti sohasida istiqbolli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Bunda Yaponiya tomoni o‘zining eng ilg‘or texnologiyalari bilan ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring