Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya ko‘magida bir qator loyihalar amalga oshiriladi

Yaponiya ko‘magida bir qator loyihalar amalga oshiriladi

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JIBC) va «Sumitomo Mitsui Banking Corporation» (SMBC) banki ishtirokida bir qator investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, quyidagi loyihalarni bajarishga rozilik berilmoqda:

  • «Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish (Data-markaz);
  • «O‘zbektelekom» AKning xalqaro paketli kammutatsiya markazlarini kengaytirish»;
  • «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya transport tarmog‘i va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini kengaytirish» loyihalari.

Qayd etilishicha, kreditlar tegishliligicha 6 hamda 10 yil muddatga yapon iyenasida taqdim etiladi.

Shuningdek, kreditlarni qaytarish, foizlar komissiyalar va ular bo‘yicha boshqa xarajatlar «O‘zbektelekom» AKning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasi bilan tanishish, fikr va mulohazalarni bildirish joriy yilning 13-iyuniga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring