Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portalining mobil ilovasi ishga tushirildi

Yagona portalining mobil ilovasi ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasini ishga tushirdi.

Endilikda, Android operatsion tizimi bazasidagi mobil qurilmalar egalari ma’lum davlat xizmatlaridan istalgan vaqtda, uydan chiqmagan holda va davlat organlariga bormasdan foydalanishlari mumkin. 

Ishga tushirilgan ilovada bir qator tranzaksion xizmatlar (davlat organi xodimining ishtirokisiz ko‘rsatiladigan xizmatlar) taqdim etiladi:

  • mobil ilovada yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima haqida ma’lumot olish (bepul taqdim etiladi); 
  • shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘idagi jamg‘arma holati haqida ma’lumot olish; 
  • STIRni aniqlash;
  • Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida, kommunal xizmatlari bo‘yicha shaxsiy hisob raqami haqida ma’lumot olish va boshqalar.

Hozirda markaz tomonidan mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar doirasini kengaytirish, shuningdek, Yagona portalning mobil ilovasini iOS operatsion tizimi bazasidagi qurilmalar uchun ishlab chiqish bo‘yicha ish olib borilmoqda. 

Yagona portalning Android operatsion tizimi uchun mobil ilovasini mazkur havola orqali yuklab olish mumin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring