Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda innovatsion texnopark tashkil etildi

Xorazmda innovatsion texnopark tashkil etildi

Foto: «Google.com»

Xorazm viloyatining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (585-son, 15.07.2019 y.) Bu haqda adliya vazirligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilingan.

Qarorga muvofiq, Urganch davlat universiteti huzurida «Xorazm» innovatsion texnoparki tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Texnoparkning rezidenti maqomi Xorazm viloyati hokimligining qaroriga asosan xo‘jalik sub’yektlariga tanlov asosida 10 yil muddatga beriladi va ular keyinchalik texnopark direksiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Qaror bilan Urganch sanoat kollejining bino va inshootlari Urganch davlat universitetiga berildi hamda kelgusida bu yerda texnopark direksiyasini joylashtirish belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring