Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda internetdan foydalanuvchilar soni 854 million kishidan oshdi

Xitoyda internetdan foydalanuvchilar soni 854 million kishidan oshdi

Foto: «Sb.by»

2019-yilning iyun oyi holatiga Xitoyda internetdan foydalanuvchilar soni 854 million kishiga yetdi. TASS xabariga ko‘ra, shundan 25,98 millioni shu yilning olti oyida qo‘shilgan yangi foydalanuvchilar.

Xitoy tarmoq axborot markazi hisoblab chiqishicha, yil o‘rtasiga kelib Xitoy aholisini internet bilan ta’minlash 1,6 foizga o‘sib, umumiy ko‘rsatkich 61,2 foizni tashkil etgan.

Bu yerda diqqatga sazovor fakt shuki, foydalanuvchilarning 99,1 foizi yoki 847 million kishi internetga smartfonlarda ulanmoqda.

Ekspertlar oxirgi besh yilda internet orqali ma’lumot ko‘chirib olish hajmi olti baravar o‘sganini ta’kidlashmoqda. Xitoylik bir fuqaro o‘rtacha oyiga 7,2 gigabayt mobil trafikni sarflamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring