Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

108 MP kamerali smartfonning narxi ma’lum bo‘ldi — «Xiaomi Mi CC9 Pro»

108 MP kamerali smartfonning narxi ma’lum bo‘ldi — «Xiaomi Mi CC9 Pro»

Foto: «Astera.ru»

«Xiaomi» kompaniyasining yangi — «Mi CC9 Pro» smartfoni haqida oxirgi oylarda juda ko‘p ma’lumotlar tarqatilyapti. «Astera» yozishicha, mana, endi narxiga ham yetib kelishdi: insayder Sudhanshu Ambhore kompaniya o‘z smartfoniga qancha narx qo‘yishi haqida ma’lum qildi.

«Hamyonbop» sifatida ko‘rilayotgan, 108 MP kameraga ega «Xiaomi Mi CC9 Pro»ning narxi 365 dollar bo‘lishi kutilmoqda.

O‘ta zo‘r kameradan tashqari, ushbu smartfonga 6,4 dyuym o‘lchamdagi Full HD+ AMOLED ekran, 6 GB operativ, 128 GB ichki xotira o‘rnatiladi.

Smartfonning selfi kamerasi 32 megapikselli bo‘ladi, asosiy kamerasi qo‘shimcha 13 va 8 megapikselli kameralarni ham birlashtiradi. Akkumulyatori quvvati esa 4 000 mAs ga teng.

Qurilmaga «Snapdragon 730G» protsessori o‘rnatiladi. Qo‘shimcha modullardan NFC hamda IK-portni sanab o‘tish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring