Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«World of Tanks» o‘yini to‘plami endi Toshkentdagi ma’lumotlar markazida!

«World of Tanks» o‘yini to‘plami endi Toshkentdagi ma’lumotlar markazida!

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston hamda markaziy osiyolik o‘yin ishqibozlari uchun ajoyib yangilik, deb xabar bermoqda «O‘zbektelekom» AK matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, «O‘zbektelekom» AK «World of Tanks», «World of Warplanes», «World of Warships» va boshqa shu kabi mashhur kompyuter o‘yinlarini yaratuvchilari hisoblangan, butun dunyoga mashhur «Wargaming» kompaniyasi, shuningdek «G-Core» texnologik kompaniya bilan hamkorlikda, «O‘zbektelekom» AKning «Axborot tizimlari» fililali ma’lumotlar markazida yangi RU11 o‘yin to‘plami, ya’ni «World of Tanks» o‘yinlarini o‘rnatdi.

«O‘yin uchun 1.7 yangilanish talqini chiqishi bilan yangi RU11 serveridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. U O‘zbekistonda, Toshkent shahridagi ma’lumotlar markaziga joylashtirildi. Bu eng zamonaviy tarmoq, hisoblash uskunalari va ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot majmuasi bo‘lgan kuchli ma’lumot markazi hisoblanadi. Endilikda Markaziy Osiyo foydalanuvchilari uchun «World of Tanks»da o‘ynash yanada qulay bo‘ladi», deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring