Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Wikipedia»ni Oyga jo‘natishga qaror qilishdi

«Wikipedia»ni Oyga jo‘natishga qaror qilishdi

Foto: «ITC.ua»

«Arch Doundation» notijorat tashkiloti «Wikipedia» internet-ensiklopediyasini Oyga yuboradi. Buning uchun portalga joylashtirilgan ingliz tilidagi barcha maqolalar mitti metall plastinkalarga ko‘chiriladi, deb xabar berdi «4PDA».

Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, bizning sivilizatsiyamiz yo‘qolib ketgudek bo‘lsa, barcha ma’lumotlar o‘ziga xos «zaxira nusxa» ko‘rinishida Oy yuzasida qoladi.

Foto: «itc.ua»

Metall plastinalar o‘lchami 17x17 millimetrni tashkil etadi, uning qalinligi esa inson sochidan ham yupqa — 20 mikron. Bu turdagi plastinkaning har bir yuzasiga 8 ming varaqa ma’lumot tushiriladi. 17x17x38,1 millimetrga teng to‘plamga «Wikipedia»dagi 30 million sahifani joylashtirish mumkin.

Shuningdek, «Wikipedia» sahifalari bilan birga boshqa tillardagi eng yaxshi postlar ham Oyga jo‘natiladi. «Arch Doundation» 1500 ortiq insonlarning so‘zlashuv tillari tushirilgan «Rosetta» loyihasiga oid plastinani ham chop etadi.

Barcha ma’lumotlar tushirilgan raketani 2020-yil o‘rtalaridan Yerdan uchirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring