Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UZMOBILE»ga bir yilda 3 millionga yaqin yangi abonent ulandi

«UZMOBILE»ga bir yilda 3 millionga yaqin yangi abonent ulandi

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

«Versal» restoranida «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali rahbariyatining Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi dilerlik tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida filial rahbariyati o‘tgan yil yakunlarini sarhisob qildi va hamkorlari bilan kelgusidagi rejalarini o‘rtoqlashdi.

Majlis kun tartibi quyidagi masalalardan iborat bo‘ldi:

  • 2019-yilda yo‘lga qo‘yilgan loyihalar;
  • 2019-yilda dilerlar tarmog‘ining o‘sish dinamikasi;
  • Asosiy ko‘rsatkichlar dinamikasi.
  • Yangi loyihalar
Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Uchrashuv samimiy va tantanali muhitda bo‘lib o‘tdi. Dilerlik tashkilotlari rahbarlari uchun 2019 yilning barcha muhim lahzalari, shuningdek, Milliy operator va Agentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha keyingi rejalari aks ettirilgan taqdimot namoyish etildi.

Bugungi kunda UZMOBILE bilan hamkorlik qiladigan agentlar soni 245 ta tashkilotni tashkil etadi va 2019-yilda dilerlik punktlarining umumiy soni 1559 punktga yetdi.

Ta’kidlanishicha, 2019-yil «O‘zbektelekom» AKning «O‘zMobayl» filiali uchun asosan agentlar bilan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ishlar hamda ularning hamkorlikka mas’uliyatli munosabati sababli juda omadli yil bo‘ldi. Yilning asosiy natijasi sifatida 2019-yilning so‘ngiga kelib UZMOBILE faol abonentlari soni 5 milliondan oshdi, o‘tgan yil davomida esa 3 millionga yaqin yangi abonent ulandi, deb hisoblash mumkin.

Uchrashuv yakunida eng faol va sodiq agentlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va ularga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar taqdim etildi.

«2019-yil biz uchun ham va UZMOBILE uchun ham qiziqarli va kashfiyot yil bo‘ldi. Biz bunday natijalarga erishamiz deb o‘ylamaganligimizni tan olamiz. Men bozorda bir necha yildan beri ishlab kelmoqdaman va ko‘plab yangi mijozlar UZMOBILEni tanlayotganlaridan xursandman, — deydi «MYFI MOBILE» xususiy korxonasining direktori Rustam Shukurlayev. — Biz uchun operatorning dilerlik bo‘limida ishlash uchun o‘zaro qulay shart-sharoitlarni yaratdi. Biz yaxshi va barqaror foyda olmoqdamiz, eng muhimi – UZMOBILE tomonidan abonentlarni jalb qilish uchun amalga oshirilayotgan yangi tarif rejalari va aksiyalari hammada aynan shu operatorga ulanish, shu bilan birga, eng qimmat tarifga ham ulanish istagini uyg‘otadi. Biz UZMOBILE bilan ishlashdan mamnunmiz».

«O‘tgan yili dilerlarning birinchi yig‘ilishida kompaniyaning ulkan rejalari haqida gapirilganda, biz 90 foizga shubha qilgan edik. Ammo, UZMOBILE bozorda shunday qiziqarli rejalarni, qulay internet-to‘plamlarni taklif qildi, juda ko‘p aksiyalarni, masalan, chiroyli raqamlarni taklif qildi va mijozlar ushbu operatorga katta qiziqish bilan ulana boshladilar, — deydi «WINLINE» MChJ direktori Samandar Sodiqov. —Abonentlar aloqa sifatini qadrlashlari juda muhimdir! Biz abonentlarni ushbu kompaniyaga ulashdan aslo uyalmaymiz. Men, ayniqsa, UZMOBILE dilerlik kompaniyasi faoliyatini alohida qayd etmoqchiman. Biz nafaqat ular uchun agentlar yoki dilerlarmiz, balki ularning fikrlari tinglanadigan va qo‘llab-quvvatlanadigan haqiqiy hamkorlarimiz. Ishonchim komilki, 2020-yil ham muvaffaqiyatli yil bo‘ladi».

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Eng faol va sodiq agentlarni taqdirlash marosimidan so‘ng, filial rahbariyati va dilerlik kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida kelgusida ishlash va biznesni rivojlantirishdagi barcha masalalar bo‘yicha keng va mulohazali suhbat bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, UZMOBILE filiali vakillari hozirda xizmat ko‘rsatishni yaxshilaydigan hamda filial va hamkorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtiradigan innovatsion raqamli vositalarni joriy etish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda.

«O‘zMobayl» filiali rahbarlarining dilerlik tashkilotlari rahbarlari bilan xuddi shunday uchrashuvlari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring