Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzmobile» TATU talabalari uchun onlayn resurslardan foydalanishni bepul qildi

«Uzmobile» TATU talabalari uchun onlayn resurslardan foydalanishni bepul qildi

Foto: Xabar.uz

Hozirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar masofadan turib tahsil olishlari uchun universitetda virtual ta’lim tizimi (tuit.uz, moodle.tuit.uz, Ims.tuit.uz) ishga tushirilgan.

TATU matbuot xizmati xabariga ko‘ra, talabalar yashash joylari turli viloyatlarda bo‘lganligi va u yerda internet bilan bog‘liq muammolar borligi sabab talabalarga shart sharoitlar yaratish maqsadida UZMOBILE milliy operatori tomonidan TATU virtual ta’lim tizimlari:

  1. www.tuit.uz
  2. www.moodle.tuit.uz
  3. www.lms.tuit.uz
  4. www.utube.uz (TATU videoyangiliklari joylashtirilgan tizim) resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatlari yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi asosida tashkil etilgan ushbu tashabbus TATU talabalarining UZMOBILE milliy operatori foydalanuvchilari qaysi viloyatda bo‘lishlaridan qat’i nazar virtual ta’lim tizimlariga bepul kira olishlari va masofadan turib tahsil olishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring