Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«UZMOBILE» abonentlari soni 5 millionga yetdi

«UZMOBILE» abonentlari soni 5 millionga yetdi

Foto: Sergey Nasledov

Bugun, 24-dekabr kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazgani haqida xabar bergandik.

Kompaniya vakillariga ko‘ra, GSM va CDMA standartlarida xizmat ko‘rsatuvchi «UZMOBILE» mobil aloqa operatori («O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali) abonentlari soni 5 million nafarga yetgan.

Diagramma: «Xabar»

Qo‘shimcha qilinishicha, operatorning internet paketlari narxlari 2019-yil davomida uch baravarga arzonlashgan.

2019-yilda «O‘zMobayl» filiali tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish doirasida 3 751 ta baza stansiyasini foydalanishga topshirgan, shulardan 2 085tasi borish qiyin qishloq joylariga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring