Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UZEX birjasida 120dan ziyod mobil raqamlari sotildi

UZEX birjasida 120dan ziyod mobil raqamlari sotildi

«O‘zRTXB» AJning mobilraqam.uzex.uz veb-saytida yangi platforma ishga tushirilgan paytidan buyon «COSCOM» MChJ (Usell savdo belgisi) uyali aloqa operatorining 196,7 mln so‘mlik 121 ta mobil raqamlari sotildi.

Birjaning elektron savdolarida respublikamizning barcha hududlaridan xaridorlar ishtirok etdilar. O‘tgan savdo natijalariga ko‘ra sotib olingan raqamlarning tarkibiy tuzilmasida poytaxt hududining xaridorlari peshqadamlik qilib, ularning umumiy sotuvlardagi ulushi 42 foizni tashkil etdi. Jizzax viloyati xaridorlarining ulushi 15%, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining har birini hissasi 7% ni tashkil etdi.

Mobil raqamlar sotuvining sezilarli darajada o‘sishi «COSCOM» MChJ (Usell savdo belgisi) tomonidan yangi aksiya e’lon qilinganidan so‘ng kuzatila boshladi. Mazkur aksiya doirasida «O‘zRTXB» AJning mobilraqam.uzex.uz vebsaytida sotib olingan chiroyli sonlar kombinatsiyasiga ega uyali telefon raqamlar uchun 50% chegirma va qo‘shimcha 10 000 daqiqa taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, «COSCOM» MChJ (Usell savdo belgisi) 2019-yilning 4-iyunidan boshlab pulli toifadagi mobil raqamlarini mobilraqam.uzex.uz vebsaytida birjaning elektron savdo tizimiga qo‘yib bormoqda.

Elektron savdoda ishtirok etish uchun birjaning mobilraqam.uzex.uz vebsaytida ro‘yxatdan o‘tish va birjaning hisob-kitob kliring palatasiga zakalat mablag‘ini kiritish lozim.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring