Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UMS kompaniyasi o‘zining eng so‘nggi ishlanmalarini ko‘rsatdi (video)

UMS kompaniyasi o‘zining eng so‘nggi ishlanmalarini ko‘rsatdi (video)

Foto: «Xabar.uz»

UMS mobil operatorining stendi dizayni o‘tgan yilgi ko‘rgazmada eng zo‘r deb topilgan edi. Kompaniya bu yil ham faol: Toshkent va Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan texnikalar namoyishining ikkalasida ham qatnashdi.

Kompaniyaning poytaxtdagi stendi 3 ta sektorga bo‘lingan holda, axborot-ma’lumot bilan ta’minlanganligi va vazifalari bo‘yicha esa 5 ta bo‘limda taqdim etildi.

B2C sektorida UMS xodimlari mehmonlarga mobil aloqaning barcha masalalari bo‘yicha maslahatlar berib, tarif rejalari va raqamlarni tanlashda ko‘maklashdi.

Kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyevning ma’lum qilishicha, bu yil bir qator tariflar qayta ko‘rib chiqilib, ixchamlashtirildi – ularda daqiqa va megabaytlar hajmi oshirilgan, abonent to‘lovlari esa o‘zgarishsiz qoldirilgan. Turli internet-to‘plamlarning narxlari ham tushirilgan.

Operator respublika bo‘yicha tarmoqlar va uskunalarni modernizatsiya qilish ustida ish olib bormoqda. Hududlarga 4G baza stansiyalari o‘rnatilmoqda, 3G tarmoqlari sig‘imi oshirilmoqda, billing va boshqa tizimlar yangilanmoqda. Natijada, yangidan-yangi xizmat va mahsulotlar joriy qilish, aloqa va internet sifatini oshirish imkoni tug‘ildi.

Kompaniyaning eng so‘nggi ishlanmalari va yangiliklari haqida yuqoridagi video intervyuda batafsil ma’lumot olasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring