Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukusda «Ucell»ning yangi ofisi ochildi

Nukusda «Ucell»ning yangi ofisi ochildi

Foto: «Ucell»

Bugun, 20-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxtida «Ucell-Nukus» yangi ofisi ochildi. An’anaviy qoraqalpoq naqshlari bilan bezatilgan zamonaviy va shinam ikki qavatli bino «COSCOM» MChJ («Ucell» savdo belgisi) abonentlariga xizmat ko‘rsatish uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi.

Foto: «Ucell»

Nukus shahrida yangi ofisning ochilishi bilan simsiz aloqa xizmatlari asosiy ta’minotchisi sifatida «Ucell»ni tanlagan Qoraqalpog‘iston poytaxti aholisiga Kompaniya aloqa xizmatlarini taqdim etish va xizmat ko‘rsatish yanada yaxshilanadi.

Shahar markazida joylashgan «Ucell-Nukus» ofisining shinam va salqin xonalarida keluvchi mijozlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Nukusdagi ofis qulay manzil va ish tartibiga ega, bu esa mijozlarga yuqori sifatli xizmatlarga osongina ulanish imkoniyatini beradi.

Foto: «Ucell»

Birinchi qavatda joylashgan xizmat ko‘rsatish zalida abonentlarga bir vaqtning o‘zida 4 ta operator xizmat ko‘rsatishi mumkin. Abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida elektron navbat tizimi joriy etilgan. Kompaniya mijozlari to‘liq xizmat turlaridan foydalanishlari mumkin, ya’ni ular o‘zlari uchun qulay va manfaatli tarif planini tanlashi mumkin, raqamni yoqtirishi, sim kartani bepul almashtirishi, tarmoq va VAS xizmatlarini yoqtirishi/o‘chirtirishi mumkin. Bu yerda Kompaniya xizmatlariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun kassa mavjud.

Mutaxassislar mobil operatorning taklif va aksiyalari haqida ma’lumot, mobil aloqa yuzasidan barcha savollarga tegishli tavsiyalar taqdim etadi, tarif planini  tanlashda, yangi xizmatlarga ulanishda hamda Kompaniyaning alohida takliflaridan foydalanishda yordam ko‘rsatadi.

«Ucell-Nukus» mintaqaviy ofis rahbari Bayram Jumagulov::

«Bu mijozlarimizga xizmat ko‘rsatishning yangi bir bosqichga ko‘tarilishi demakdir. Qoraqalpog‘istonda hozirgi kunda 150 ta dilerlik shoxobchasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, ulardan 18 tasi «Ucell» mono-brendli shoxobchadir. Ofisda 15 nafar xodim hududdagi 450 mingta abonentga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu yerda xizmatlar jismoniy shaxslarga va korporativ mijozlarga taqdim etiladi. Bizning vazifamiz — bir joyning o‘zida mijozlarga barcha zarur xizmatlarni taqdim etish uchun eng yuqori darajadagi xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan universal ofisga aylanish».  

Shuni ta’kidlash joizki, abonentlarga xizmat ko‘rsatishdan tashqari, yangi ofisda mobil telefon, smartfon va planshetlarni, USB-modem va mobil qurilmalarga aksessuarlarni xarid qilish imkoniyati yaratilgan. Bularning barchasini chegirma bilan sotib olish yoki ortiqcha to‘lovlarsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan hujjatlashtirish mumkin.

Yangi ofis birinchi qavatida muntazam ravishda Kompaniya dilerlari bilan majlislar hamda korporativ mijozlar va abonentlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun 30 kishiga mo‘ljallangan majlislar zali joylashgan.

Korporativ mijozlar bilan ishlash uchun alohida xona ajratilgan. Ularga 3 ta savdo vakili va bir nafar operator xizmat ko‘rsatib keladi. 

Tadbirkor, «Ucell» korporativ mijozi Gulnora Djalimbetova:

«Men ko‘p yillar davomida korporativ mijoz sifatida «Ucell» xizmatlaridan foydalanib kelyapman. Shahar markazida yangi va zamonaviy «Ucell-Nukus» ofisining ochilishi men va hamkasblarim uchun quvonarli holat, bu yerda biz abonentlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. Menga ofisning dizayni, texnik ta’minlanganlik darajasi va ichki bezagi juda yoqdi. Barchasi zamonaviy, ko‘zni quvontiradigan qilib juda yaxshi amalga oshirilgan». 

Abonentlarga tez va eng qulay xizmatlarini taqdim etib keluvchi «Ucell-Nukus» yangi ofisi mavjud abonentlar xolisligini qo‘llab-quvvatlashiga va Qoraqalpog‘iston poytaxtidagi yangi abonentlarni jalb qilishga yordam beradi.

Yangi ofis ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshqarma boshlig‘i Akmal Arifdjanov qatnashdi.

«Ucell»ning Nukus shahridagi yangi ofisiga xush kelibsiz!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring