Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell kompaniyasi mobil aloqaning nozik sirlarini ochdi

Ucell kompaniyasi mobil aloqaning nozik sirlarini ochdi

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Har kuni yuzlab million odamlar mobil aloqadan foydalanadi, ammo ulardan sanoqlisi aloqa qanday ta’minlanishi haqida o‘ylab ko‘radi. Kamdan-kam mijoz bu jarayon qanchalik mushkul ekanligini biladi. Ucell kompaniyasi asosiy (baza) stansiyasi o‘rnatilishi va ishlashining barcha nozik jihatlari haqida aytib berishga qaror qildi.

Qisqa ma’lumot

Asosiy stansiya mobil tarmoqning eng muhim qismidir. U radio signalni qabul qilib, bir abonentdan ikkinchisiga uzatuvchi radio uskunalari majmuasidir.

Ko‘pchilik yangi stansiyani ishga tushirish uch bosqichidan: «qurilmani oldik — o‘rnatdik — ishga tushirdik»dan iborat deb o‘ylaydi. Biroq, vaziyat bu kabi oddiy emas. Baza stansiyasini, o‘zgacha aytganda, sayt (baza stansiyasi)ni o‘rnatishda antennalarning joylashishi va balandligini tanlashdan boshlab, to ko‘plab inspeksiyalar tomonidan ruxsat olish kabi omillar hisobga olinadi. Shu sababli bitta loyihani amalga oshirish uchun yuzlab xodimlarning, o‘rtacha hisobda o‘n ikki oylik mehnati talab etiladi.

Keling, birgalikda asosiy stansiyasi qanday qurilishini o‘rganib chiqamiz.

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Muammolar sodir bo‘lishi mumkin joylar

Hikoya saytlarni qidirish bosqichidan boshlanadi. Muammoli joylar tahlil qilinib, ma’lumot to‘planadi. Texnik guruh bir yil davomida nechta baza stansiyasi va ular qayerda ishga tushirilishi haqida belgilangan rejani ishlab chiqadi.

Emil Kurtnazarov, «Ucell-Samarqand» mintaqaviy bo‘limining bosh muhandisi:

— Yaqindan boshlab mijozlar bilan bevosita ishlashni boshladik, xususan, murojaat sabablarini aniqlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar o‘tkazyapmiz. Asosan, shikoyatlar deyarli mobil aloqa mavjud bo‘lmagan hududlarda yashaydigan abonentlardan kelib tushadi. Biz ushbu yo‘nalishlarni qamrov tarmog‘imizni kengaytirish rejalariga qo‘shamiz. Joriy yilning oktyabr oyida 4G tarmog‘ining qamrovi ancha kengaydi: 32 yangi asosiy stansiya o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Loyihani ishlab chiqish

Taxminiy joylashuv aniqlangandan so‘ng, texnik guruh u yerga yo‘l oladi. Geografiya, iqlim sharoiti, aholi turar joylaridan uzoqligi, seysmik va mintaqaning boshqa muhim jihatlari batafsil o‘rganib chiqiladi. Muhokama uchun loyiha taqdimoti tayyorlanadi. Loyiha faqatgina kengashning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanganidan so‘ng Site Acquisition Group (saytni sotib olish guruhi)ga o‘tadi.

Elbek Ahmedbekov, ob’yektlarni legallashtirish guruhi mutaxassisi:

— Zamonaviy baza stansiyalari ancha ixchamdir. Katta shaharlarda, ular hatto antenna ustunlariga, binolarning tomlariga o‘rnatilishi mumkin. Biroq, shaharlar tashqarisida individual baza stansiyalar qatori birinchi o‘ringa chiqadi. Ularning qamrov doirasini oshirish uchun baland ustunlar quriladi. Bunday rejalarni amalga oshirish jarayonida muhandislik qiyinchiliklari boshlanadi.

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Site Acquisition Group kim?

Site Acquisition Group guruhi (qisqachasi SAG)saytlarni sotib olish va loyihalash bilan shug‘ullanadi. Ularga bo‘lajak baza stansiyasi joylashuvi to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Guruhning asosiy vazifasi saytga mos maydonni aniqlash. Odatda yer maydoni bir necha yilga ijaraga olinadi. SAG ijarachilar bilan muzokaralar olib boradi, mulk huquqini tasdiqlaydi va yerga egalik qilish bilan bog‘liq barcha masalalarni nazorat qiladi. Keyingi bosqich uchun joyning panoramali rasmlarini tayyorlaydi.

Network Plan

Network Plan kelajakdagi stansiyaning asosi yoki qalinligi 10 sm bo‘lgan hujjatlar papkasi. Reja antenna majmuasi tuzilishining ko‘plab parametrlarini: uning ob’yektdagi joylashishi, umumiy o‘lchamlari, aylanish nuqtalarining joylashishi, quvvati va hokazo, jihozlarning bo‘yog‘iga qadar batafsil ma’lumotni topishingiz mumkin.

Antennalar elektromagnit nurlanish manbai bo‘lganligi sababli ular uchun bir qator qurilish va xavfsizlik qoidalari mavjud. Shu sabab papkaga quyidagi hujjatlar ham biriktiriladi:

  • Stansiyaning xavfsizligi to‘g‘risida sanitariya-epidemiologiya xulosasi;
  • O‘zgeokadastr xulosasi;
  • «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi bilan balandliklarni muvofiqlashtirish;
  • Stansiya qurilishi uchun Elektromagnit moslashuv markazining ruxsatnomasi.
Foto: Kompaniya matbuot xizmati

O‘rnatish

Mana endi eng qiziqarli soniyalar boshlanadi. Ishchilar poydevorni to‘ldiradilar. Xavfsizlik va ishonchlilik nafaqat o‘rnatish paytida, balki keyingi xizmat ko‘rsatish vaqtida ham eng asosiy omillar qatorida. Ushbu bosqichda ko‘p narsa dizaynerlar, montajchilar va quruvchilarning mahoratiga bog‘liq.

Dmitriy Gabduraxmanov, tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi mutaxassisi:

– Qurilish tugallangach, stansiyada uch oy davomida sinov ishlari olib boriladi. Shu vaqt ichida biz barcha jihozlarni to‘liq sinovdan o‘tkazishimiz kerak. Chastotalar, quvvat va boshqa shu kabi o‘lchamlarni sinash va sozlash amalga oshiriladi. Baza stansiyasi kompaniya tarmog‘iga birlashtiriladi. Qabul qilish jarayonidan o‘tadi.

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Ba’zida mahalliy aholining tushunmovchiligiga duch kelamiz. Odamlar nurlanishdan qo‘rqadi. Shuni aytish kerakki, nurlanish har qanday uskunadan tarqaydi, shu jumladan uyali telefonlardan ham. Bugungi kunda odamlar deyarli ular bilan bir zumga ham ajralmaydilar. Belgilangan sanitariya me’yorlariga ko‘ra, tayanch stansiya davlat sanitariya xavfsizligi standartlariga javob berishi kerak. O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmati standartlari dunyodagi eng qat’iy standartlardan biri hisoblanadi. Masalan, Rossiyada elektromagnit nurlanish darajasi bo‘yicha sanitariya me’yorlari bizning mamlakatimizga qaraganda to‘rt baravar yuqori. Shunday ekan, qurilgan stansiya aholi uchun xavsiz ishlashiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Ishga tushirish

Barcha qabul va sinovlardan so‘ng, aktlar imzolanib, nihoyat uyali aloqa baza stansiyasi foydalanishga topshiriladi. Asosiy stansiya telefoningizda yaqinlaringizning ovozini eshitishingiz, telegramga «salom» deya yozishingiz, feysbukda do‘stlaringizga selfi ulashishingiz va ushbu foydali maqolani o‘qib chishingiz uchun ishlab, radio signallarni qabul qila boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring