Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell» bilan hayot sifati har yerda mavjud va barchaga foydali

«Ucell» bilan hayot sifati har yerda mavjud va barchaga foydali

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasidan bir muncha vaqt oldin Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida («Ucell» savdo belgisi ostida) «COSCOM» MChJ Bosh direktor v.b. Vladimir Kravchenko abonentlar bilan suhbati aks etgan video tasvirni ijtimoiy tarmoqlarda iliqlik bilan qabul qilishdi.

Shu sababli, «Ucell» ko‘rgazma peshtaxtasida ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar Vladimir Vladimirovichni tanib, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Kompaniya rahbari katta mamnuniyat bilan sof o‘zbek tilida muloqotda bo‘lishi allaqachon bizning abonentlarni zarracha ham ajablantirmay qo‘ydi.

Davlat rahbarining ko‘rsatmalarini amalda bajarish maqsadida, «Ucell» rahbariyati Kompaniya abonentlari bilan muloqotda bo‘lib, ist’molchilarning talab va istaklarini o‘rganib chiqish uchun doimiy ravishda viloyatlarga chiqib turadi.

Bu esa oddiy holat bo‘lib qoldi.

Shu kunlarda bu kabi uchrashuv Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tdi. Kompaniya vakillari Farg‘ona viloyatining Quva tumaniga va Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumaniga tashrif buyurishdi.

Quva tumanining «Akbarobod» qishloq fuqarolar yig‘inidan kelgan «Ucell» abonenti kompaniya rahbariyatining Qo‘qonga qilgan tashrifi chog‘ida ular bilan tanishgani haqida so‘zlab berdi. Ular ham Buxoroda bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqidagi video tasvirni ko‘rishgan, shundan so‘ng Kompaniya rahbarining sahifasini ijtimoiy tarmoqlarda topib, taklifnoma ko‘rinishidagi xat yozishgan.

«Ucell-Farg‘ona» mintaqaviy bo‘limining rahbari Ikrom Burxonov boshchiligidagi Kompaniyaning bir guruh xodimlari Quvaga tarshrif buyurishdi.

Mutaxassislar muammoni joyida o‘rganib chiqib, uni hal qilish yo‘lini topishdi. Aholi punktining uyali aloqa tizimini texnik jihatdan zamonaviylashtirish «Ucell»ning 2020-yil rejalariga kiritildi.

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Ucell»ning sodiq mijozlari soni «Ucell-Andijon» mintaqaviy bo‘limining rahbari Baxtiyorjon Turdiyev hamda hamkasblarining tarshrifidan keyin sezilarli darajada oshdi. Ular abonentlarning 4G aloqasini sozlash ishlarini amalga oshirish borasida yozgan murojaatiga javoban «Navro‘z» qishloq fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurishdi.

Foto: Kompaniya matbuot xizmati

Endi Qo‘rg‘ontepada ikkita 4G antennalari o‘rnatilgan va uchrashuvda tuman aholisi ta’kidlaganidek, «endi telefonlarimizda soniyasiga 10 Mb tezlik ko‘rsatmoqda». Kompaniyaga yo‘llagan xat muallifi Nodirbek Ganiyevning aytishicha: «Men o‘zim kompaniyaning sodiq va xolis abonentlaridanman va barcha tanishlarim va yaqinlarimga faqat «Ucell» aloqasidan foydalanishini aytaman».

Prezidentimiz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning tahlili, sohani jadal ravishda rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni aniqlashga bag‘ishlangan majlisda «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari barcha sohalarni jadal rivojlantirishga yordam beradi va insonlar uchun qulayliklar yaratadi» deb ta’kidlab o‘tganlar.

Biz «Ucell» kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng sifatli tarafi har yerda har bir inson uchun mavjud bo‘lib, foyda keltirishiga intilamiz.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring