Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul e’lon qilindi

Toshkentdagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 5-sinf o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan 2019-2020 o‘quv yili uchun tanlov e’lon qiladi.

Muhammad al-Xorazmiyning ulkan va nodir ilmiy merosini qadrlash, uni kelajak avlodning ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho‘qqilarini zabt yetishiga ko‘maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil yetish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabi tashkil etilgan edi.

Mazkur maktabda matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari chuqur o‘qitilib, o‘quvchilarda dasturlash asoslarini, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi ko‘nikmalari va media madaniyat kabi bilim va ko‘nikmalar maktab davridan boshlab shakllantiriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar onlayn tarzda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy web-saytida (https://www.akss.uz/qabul2019/) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, talabgorlarning hujjatlari Toshkent shaharida joylashgan maktabbinosida qabul qilinadi (manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani Tepa Masjid ko‘chasi 4-uy).

Hujjatlar joriy yil 23-avgustgacha qabul qilinadi.

Ish vaqti 9:00 dan 17:00 gacha.

Tanlov joriy yilning 24-25-avgust kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida matematika va ingliz tili fanlaridan yozma va test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

– tug‘ilganlik haqida guvohnoma;

– maktabda o‘qishi haqida ma’lumotnoma;

– fotosurat (3,5x4,5 sm). (6 dona)

- direktor tomonidan tasdiqlangan tabel nusxasi (4-sinf)

- Fayl papka (maktab binosida (Off-line) topshiruvchilar uchun)

Onlayn tarzda topshiriladigan barcha hujjatlarning skaner qilingan variantlari 300 dpi, rangli tasvir va fayl hajmi 2 Mb dan katta bo‘lmasligi lozim.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Muhammad al-Xorazmiy  nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga  ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy web-saytida (www.akss.uz) hamda quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: (71)262-15-29, (71)262-15-38

Izoh: Tabelda faqat 4 va 5 baholar bo‘lishi shart.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring