Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda dasturchilar uchun eng katta konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkentda dasturchilar uchun eng katta konferensiya bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahridagi Inha universitetida dasturchilar uchun Markaziy Osiyodagi eng katta konferensiya «GDG DevFest» bo‘lib o‘tadi.

DevFest - bu Google kompaniyasi ko‘magi ostida tashkil etiladigan va butun dunyo bo‘ylab GDG (Google Developers Group) hamjamiyatlari tomonidan o‘tkaziladigan qator tadbirlar bo‘lib, uning asosiy maqsadi yetakchi dasturchilar o‘rtasida tajriba almashish va Google tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or texnologiyalar bilan tanishishdir.

Bu yilgi DevFest konferensiyalari dunyoning 143 ta shahrida o‘tkazilishi hamda ularda 125 000 dan ortiq ishtirokchi tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Shu jumladan, O‘zbekiston poytaxtida ham ushbu ulkan tadbir ikkinchi bor Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi va u ko‘plab dasturchilar, loyiha menejerlari, tahlilchilari va boshqa IT-mutaxassislarini birlashtiradi.

Tadbirda Web, Mobile va Sloud sohasi bo‘yicha ko‘plab xalqaro va mahalliy ma’ruzachilar taqdimotlari bo‘lib o‘tadi. Bu yil konferensiyada Google texnologiyalari ishtirokidagi ishlanmalar bo‘yicha texnik ekspertlardan tashqari, loyihalarni rivojlantirish va ishlab chiqish sohasidagi mutaxassislar ham so‘zga chiqadilar — ularning barchasi o‘z tajribalari va innovatsiyalari bilan bo‘lishishadi.

Konferensiyada qatnashish mutlaqo bepul. Tadbirga kompaniya vakillari, dasturchilar va Google ishlanmalari hamda ilg‘or texnologiyalariga qiziquvchilar taklif etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring