Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatining 22 ta shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi

Toshkent viloyatining 22 ta shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi

Foto: «Mitc.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 19 mart kuni bo‘lib o‘tgan «Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish» to‘g‘risidagi videoselektorda respublika viloyatlarining barcha shahar va tumanlarida «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlar»ini tashkil etish belgilab berilgan. Bu haqda AKT vazirligi xabar bermoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish» borasida vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan «Yo‘l xaritasi»ga binoan Toshkent viloyatining 22 ta shahar va tumanlarida «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi»ini tashkil etish rejalashtirilgan.

Foto: «Mitc.uz»

Ushbu tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmalarini oshirish, sohadagi eng ilg‘or ishlanmalar bilan yaqindan tanishtirish  maqsadida O‘rtachirchiq tumanidagi 3-son umumta’lim maktabida informatika, kompyuter savodxonligi, dasturlash yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan to‘garaklar tashkil etish belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mazkur maktab 1040 o‘ringa ega bo‘lib, ayni paytda, 52 nafar o‘qituvchi 840 nafar o‘quvchiga ta’lim berib kelmoqda.

Foto: «Mitc.uz»

Hozirgi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ushbu maktabning informatika, kompyuter savodxonligi, dasturlash yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan xonalari  ta’mirlandi hamda 42 ta kompyuter to‘plami, 30 ta kompyuter stoli va zarur jihozlar, 70 ta stul, 22 ta ish stoli, 4 ta shkaf, 2 ta konditsioner, 2 ta proyektor va barcha zarur texnika, orgtexnika vositalari bilan jihozlandi va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring