Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidagi Mehribonlik uylariga kompyuter jamlanmalari sovg‘a qilindi (video)

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning uchinchi yo‘nalishi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qator ishlar olib borilmoqda.

Tashabbusni hayotga tatbiq etish doirasida bir qator xayrli tadbirlar ham amalga oshirilyapti. Xususan, vazirlik tomonidan 2020-yil 22-yanvar kuni Toshkent viloyatida joylashgan 14 va 15-son Mehribonlik uylaridagi tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqish va bilimlarini, kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Vazirlikning sovg‘alari —18 ta zamonaviy komp’yuter jamlanmalari (14-son Mehribonlik uyiga 8 ta,15-son Mehribonlik uyiga 10 ta), futbol va voleybol to‘plari, shaxmat, shashka, bolalar uchun rivojlantiruvchi o‘yinlar va boshqa sport anjomlari Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi vakillari tomonidan tantanali ravishda taqdim qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring