Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TATUda xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi

TATUda xalqaro vebinar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17-iyun kuni TATU hamda Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikda  xalqaro onlayn vebinar tashkil etildi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar berdi.

Vebinar Zoom platformasida tashkil etilib, unda  Oracle Academy’ning Rossiya va MDH mamlakatlaridagi vakili Yulya Sokolova, TATU professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Vebinarda IT yo‘nalishlari bo‘yicha yangi dasturiy mahsulotlar, ulardan foydalanish imkoniyatlari, eng so‘nggi texnologiyalar, Cloud’dan foydalanish va Oracle Academy yangiliklari,  LMS tizimida onlayn darslar,  ulardan foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish va boshqa qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, vebinar ishtirokchilariga xalqaro sertifikat berish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring