Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATUda «SMART CITY» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

TATUda «SMART CITY» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Foto: TATU matbuot xizmati

2019-yil 7-11-oktyabr kunlari Germaniyaning Oldenburg universiteti, TATU hamda uning Samarqand, Nukus va Urganch filiallari hamkorligida TATUda «SMART CITY» mavzusida O‘zbekiston-Germaniya xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Universitet professor-o‘qituvchilari va AKT vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun «SMART CITY» dasturi bo‘yicha xalqaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu konferensiya Germaniya va O‘zbekiston olimlari, ilmiy tadqiqotchilar, ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari vakillarini birlashtirdi.

Shuningdek, ushbu konferensiya Germaniya universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda jamoat tashkilotlari bilan halqaro hamkorlik o‘rnatish uchun ham katta imkoniyat hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring