Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlar uchun  elektron tijorat bepul kursi tashkil etilyapti

Tadbirkorlar uchun  elektron tijorat bepul kursi tashkil etilyapti

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT-Park bilan hamkorlikda elektron tijorat bo‘yicha bepul kurs tashkil qilinmoqda.

Bepul kurs — nima uchun?

Loyihaning maqsadi tadbirkorlarning onlayn savdo ko‘rsatkichlari o‘sishini ta’minlash. Kurs doirasida olingan bilim va ko‘nikmalardan tadbirkorlarga keyinchalik o‘z biznesini rivojlantirish va kengaytirishda qo‘l kelishi aniq.

Kursga mahalliy elektron tijorat bozorining yetakchi va muvaffaqiyatli IT-loyihalarida rahbarlik qilayotgan ekspertlar jalb qilingan:

  • Aziz Ahrorov — Shoptextile.uz;
  • Bobir Nurmuhammedov — Vendoo Uzbekistan;
  • Dilya Alimova — Osto.uz;
  • Zohid O‘lmasboyev — LeBazar;
  • Dilnavo Shasimova — Kamelot Toshkent;
  • G‘ayrat Hasbiulin — Octo.uz;
  • Azamat Abdullayev — Fargo;
  • Artur Tupiyev — 5×10.ru;
  • Akmal Payziyev — Express24.

Shuningdek, xorijlik elektron tijorat mutaxassislari ham bepul kurslarda qatnashadi.

Trening vebinar shaklida o‘tkaziladi, unda ishtirokchilar savollar berib, o‘qituvchilar bilan muloqot qilishlari mumkin. Amaliy mashg‘ulotlar va oflayn ko‘rish imkoniyatiga ega video-ma’ruzalar kurs dasturiga kiritilgan!

Kurs oxirida qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish mumkin:

  • Maqsadli auditoriyani tahlil qilish;
  • Talab va raqobatchilikni baholash;
  • Elektron tijoratning huquqiy asoslari;
  • Elektron tijoratda asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar;
  • Trafikni jalb qilish kanallarini baholash;
  • Tovarlarni bozorlarga chiqarish va savdolarga yo‘l berish.

Kurs tinglovchilari shuningdek onlayn-do‘kon yaratish uchun mos platformani tanlash, strategiyani ishlab chiqish, moliyaviy modelni tuzish, logistika tashkil qilish, onlayn-savdoni ishga tushirishni o‘rganishadi.

Kurslarda ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https: //clck.ru/NwKkj

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring