Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«SpaceX» 60 ta «Starlink» yo‘ldoshini Yer orbitasiga olib chiqdi

«SpaceX» 60 ta «Starlink» yo‘ldoshini Yer orbitasiga olib chiqdi

Foto: «Twitter»

Payshanba, 4 iyun kuni «Falcon 9» raketa-tashuvchisi «SpaceX» kompaniyasining navbatdagi 60 ta mini-yo‘ldoshini Yer orbitasi quyi qatlamiga olib chiqdi. Ular «Starlink» internet tizimini yo‘lga qo‘yishda qo‘llanadi.

Har bir yo‘ldoshning og‘irligi 260 kilogrammdan bo‘lib, «SpaceX» muhandislari tekshiruvidan so‘ng ular o‘z ion dvigatellari yordamida 550 kilometr balandlikdagi orbitaga chiqadi.

«SpaceX» o‘z yo‘ldoshlari bilan sayyoramizning istalgan burchagida keng polosali internetni ta’minlay oluvchi global tizimni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Hozir kompaniyaning yo‘ldoshlar guruhidagi kosmik apparatlar soni 480 taga yetdi. 2019-yilning may oyidan beri jami sakkizinchi marta yo‘ldoshlar orbitaga chiqarildi.

«SpaceX» rejasiga ko‘ra, butun Yer kurrasini to‘laqonli internet bilan qoplash uchun dastlabki bosqichda 12 mingta mini-yo‘ldosh kerak (keyinchalik ularning sonini 30 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan).

Loyihaga hammasi bo‘lib 10 milliard dollar mablag‘ tikilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring