Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Skolkovo fan va texnologiyalar instituti olimi Toshkentda o‘z hayratini yashira olmadi (video)

Skolkovo fan va texnologiyalar instituti olimi Toshkentda o‘z hayratini yashira olmadi (video)

Foto: IT-Park

Skolkovo fan va texnologiyalar instituti professori, fizika-matematika fanlari doktori Ivan Oseledets O‘zbekistonga tashrif buyurib, IT-Park va Inha universiteti faoliyati bilan tanishdi.

IT-Park direktori Farhod Ibrohimov rossiyalik taniqli professorga texnopark faoliyati O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi chog‘ida tomonlarning axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida erishilgan kelishuvdan boshlanganini ta’kidladi.

Uchrashuvda mehmonga IT-Parkning taqdimoti o‘tkazildi, unda tashkilotning umumiy faoliyati, startap jamoalari, rezidentlik va IT-ta’lim haqida so‘z bordi. Mamlakatimizda bo‘lajak IT-mutaxassislarning soni va sifatini oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab IT-markazlarini rivojlantirishning muhimligi ta’kidlandi.

Professor Oseledes, shuningdek, Skolkovo Innovatsiya markazi va IT-Park o‘rtasida kadrlar malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.

Ivan Oseledets qisqa vaqt davomida tashkil etilgan IT-Park hozirgi kunda boshqa davlatlarda uzoq yillar davomida tashkil etilishini aytib, bu yerda yaratilgan yuqori texnologik jarayonlarni kuzatib, o‘z hayratini yashira olmadi.

Shundan so‘ng u Toshkentdagi Inha universitetida ham bo‘lib, u yerda talabalarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishdi. Bir guruh talabalarga leksiya ham o‘tib berdi.

Eslatib o‘tamiz, fizika-matematika fanlari doktori Oseledesning ilmiy qiziqishlari sohasi tenzorli ajratishlar, ko‘p o‘lchovli masalalar, hisoblash matematikasi, chiziqli algebra, matematik modellashtirish, ma’lumotlar tahlilidir.

Ivan Oseledes amaliy matematikada yangi yo‘nalish – hisoblash tenzor usullari uchun poydevor qo‘ygan yosh olim. Taklif qilinayotgan usulning mohiyati o‘rganilayotgan ob’yektni tavsiflovchi ko‘p o‘lchovli ma’lumotlarning (massivlarning) katta hajmini samarali qayta ishlashdan iborat. Ko‘p o‘lchovli massivlar (tenzorlar – ob’yektning matematik ifodasi) fizika, kimyo, biologiya sohasida va ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq ko‘plab masalalarda yuzaga keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring