Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryolik abonentlar uchun bepul to‘plamlar taqdim etildi

Sirdaryolik abonentlar uchun bepul to‘plamlar taqdim etildi

Foto: O‘zbektelekom

Sirdaryo viloyatidagi suv omborining o‘pirilishi va sodir bo‘lgan suv toshqini bilan bog‘liq noxush hodisa sabab, aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbektelekom» AK joriy yilning 9-mayidan 16-mayiga qadar abonentlar uchun bepul muloqot uchun O‘zbekiston bo‘ylab 1 000 daqiqa va 1 000 MB internet trafikka ega bo‘lgan xizmatlar to‘plamini joriy etdi.

Maxsus xizmat to‘plamlari «Faol» holatdagi jismoniy shaxslarga, GSM/CDMA standart tarmog‘i abonentlariga taqdim etiladi.

Maxsus to‘plamlar faqatgina Sirdaryo viloyati hududida amal qiladi, hududdan tashqarida to‘plamning trafiklari sarf etilishi to‘xtatiladi va tarif reja yoki pullik to‘plamning shartlariga ko‘ra narxlanadi.

Shuni e’tiborga olish joizki, Sirdaryo viloyatining chegaradosh tumanlarida, qo‘shni viloyatlar hududlarining xizmat ko‘rsatadigan baza stansiyalarining amal qilish hududida bo‘lgan holatlarda, xizmatlar tarif reja yoki pullik to‘plamning shartlariga ko‘ra narxlanadi.

Batafsil ma’lumot bilan mazkur havola orqali tanishib chiqish mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring