Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda yuk mashinasi 20 tonna bo‘yoq bilan yonib ketdi

Samarqandda yuk mashinasi 20 tonna bo‘yoq bilan yonib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati

Kecha, 6-iyul kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bulung‘ur tumani M-39 avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan «VOLVA» rusumli yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelganligi yuzasidan xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in kelib chiqishiga avtomashinaning orqa shinalari yorilib ketishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, uning yukxonasida 21800 kg miqdorda qurilish uchun mo‘ljallangan bo‘yoq mahsuloti bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan viloyat FVBning yong‘in-qutqaruvchilari o‘z vaqtida yong‘inni bartaraf etgan.

FVV tizimi xodimlarining samarali harakatlari tufayli mashina salonidagi haydovchining hayoti saqlab qolindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring