Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Robot Sofiyaning «singlisi» paydo bo‘ldi

Robot Sofiyaning «singlisi» paydo bo‘ldi

Foto:«Ukrinform»

Butun dunyoga mashhur Sofiya ismli robotni yaratgan Gonkongning «Hanson Robotics» kompaniyasi Sofiyaning mini-versiyasini yaratdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi. 

«Kichik Sofiya Sofiyaning singlisi va «Hanson» oilasining yangi a’zosi»,-deyiladi kompaniya xabarida.

Ma’lum qilinishicha, kichik robotning bo‘yi 14 dyuym bo‘lib, u 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dasturlash va sun’iy intellektni qiziqarli mashg‘ulotga aylantiradi.

Kichik Sofiya opasi singari yurish, so‘zlash, qo‘shiq kuylash, o‘ynash va latifalar aytish kabi amallarni bajara oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring