Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Revizor». Elektron shikoyatlar kitobi biznes uchun qanchalik muhim? (video)

«Xabar.uz» sayti hamda IT-Park hamkorligida «Ekspert fikri» dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘rsatuvning dastlabki sonida «Altmed» startap-loyihasi haqida so‘z yuritilgandi.

Shuningdek, «ArzonApteka» startapi vakili Nigora Oqilova bilan suhbat olib borildi.

«Ekspert fikri» dasturining navbatdagi mehmoni «Revizor» loyihasi asoschisi Islomali Nuraliyev bo‘ldi.

«Revizor» startapi — bu elektron shikoyatlar kitobi bo‘lib, turli biznes vakillariga o‘z servislarini yaxshilab borish imkonini beradi. Loyiha mualliflari mijozlar fikri va boshqa ma’lumotlarni yig‘ib, biznes rahbarlariga taqdim etishadi.

«Bu ikkala tomon uchun ham foydali. Mijozlar yaxshilangan servisga ega bo‘lsalar, biznes vakillari yanada ko‘proq daromadli bo‘ladilar», — deydi Islomali Nuraliyev.

Suhbat bilan to‘liqligicha videointervyuda tanishishingiz mumkin. Shuningdek, startap yuzasidan ekspert fikri ham beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring