Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonda bir kunda uch kishi koronavirusdan vafot etdi. Biri — shifokor

Qirg‘izistonda bir kunda uch kishi koronavirusdan vafot etdi. Biri — shifokor

Foto: «RIA Novosti»

Qirg‘izistonda koronavirus qurbonlari soni 20 kishiga yetdi. Koronavirusga chalinganlarning uch nafari oxirgi sutkada vafot etgan. Bu haqda «Regnum» Qirg‘iz Respublikasi SSV rahbari o‘rinbosari Nurbolot Usenbayevga asoslanib xabar tarqatdi.

Usenbayev bergan ma’lumotda Norin viloyat shifoxonasida 84 yoshli erkak kishi, O‘sh viloyatlararo shifoxonasida 55 va 59 yoshli erkaklar vafot etgani aytilgan.

Vafot etganlarning biri vrach bo‘lgan: oilaviy tibbiyot markazi vrach-ftiziatri Albert Ismailov kasallikni bemordan yuqtirib olgan.

Qirg‘izistonda koronavirusdan o‘lim topgan tibbiyot xodimlari soni ikki nafarga yetdi.

Usenbayev Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi oxirgi sutkada yana 25 kishida aniqlanganini ma’lum qildi. Qo‘shni respublikada koronavirusni yuqtirganlar jami soni  1 871 nafarga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring