Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qay biri zo‘r? «iPhone 11» va «Pixel 4» kameralari tungi rejimda solishtirildi

Qay biri zo‘r? «iPhone 11» va «Pixel 4» kameralari tungi rejimda solishtirildi

Foto: «YouTube»

«Macworld» mutaxassislari yaqinda chiqqan eng zo‘r smartfonlardagi asosiy kameralarni solishtirib ko‘rishdi, deb xabar bermoqda «Astera».

Kunduzi yaxshi surat olish ko‘p smartfonlarga cho‘t emas, ammo tunda-chi?! Masalan, «iPhone 11» («Apple») va «Pixel 4» («Google») — qaysi biri kuchli?

Bunday natija chiqishini, to‘g‘risi, mutaxassislar ham kutishmagandi: qorong‘ida suratga olish sifati borasida «Pixel 4» raqibi «iPhone 11»dan ancha ortda qoldi.

Masalan, «ayfon»ning kamerasi yorqin detallarni ko‘proq, soyalarni to‘g‘ri uzata olgan, xullas, tungi foto effektini yaxshi bera olgan.

«Pixel 4» esa ranglarni to‘g‘ri uzata olmagani yetmaganidek, fotoning ayrim qismlarini yaltiratib yuborgan.

Shunga qaramasdan, «Macworld» vakillari ayrim jihatlari bo‘yicha «Pixel 4» baribir «iPhone 11»dan yaxshiroq ekanini ta’kidlashdi. Yomon suratlarga esa smartfonning kamerasi emas, balki boshqa texnik xususiyatlari sabab qilib ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring