Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Paranoiklar orzusi. HP veb-kamerani yopib qo‘yish mumkin bo‘lgan «parda»li noutbuklarni taqdim etdi

Paranoiklar orzusi. HP veb-kamerani yopib qo‘yish mumkin bo‘lgan «parda»li noutbuklarni taqdim etdi

Noutbukning veb-kamerasini maxsus «parda» yordamida yopish mumkin.

Foto: «NV.ua»

HP kompaniyasi yangi «EliteBooks» noutbuklar seriyasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu noutbukning veb-kamerasi maxsus «parda» yordamida yopilishi mumkin, bu esa foydalanuvchilarga o‘zgalar kuzatuvidan holi bo‘lishni ta’minlaydi, deb xabar qildi «NV.ua».

Ammo sensorli ekranga ega modifikatsiya qilingan modellarida «parda» bo‘lmaydi. HPning ta’kidlashicha, sensorli ekranning hoshiyasi ko‘p joyni egallab qo‘yganligi sabab foydalanuvchilar veb-kamerani berkitishning boshqa usulini topishga majburdirlar.

14 dyuymli «EliteBooks 840» variantida «parda»dan tashqari «AMD RX540» diskret grafikasi ham mavjud. Avvallari bu kabi qo‘shimcha faqatgina 15 dyuymli «EliteBooks 850» versiyalarida mavjud bo‘lardi. Eski protsessorlar o‘rniga «Intel Core»ning 8-avlodi keldi, ekranlar ancha yorqinlashdi.

Bunga qadar «Lenovo» kompaniyasi ham o‘zining «ThinkPad» kompyuterlari veb-kamerasini qopqoqlari bilan chiqargan edi. Biroq barcha noutbuklar tarmog‘ida bu turdagi qopqoqlar hamon kamyobligicha qolmoqda.

Noutbukning veb-kamerasini yopib qo‘yish odati Amerikaning Markaziy razvedka boshqarmasi agenti Edvard Snouden haqida film chiqqanidan so‘ng ommalashgan. Sobiq MRBchining ta’kidlashicha, agentlar maxsus dasturlar yordamida veb-kameralar orqali odamlarni kuzatishi mumkin ekan.

«EliteBooks»ning uchta modeli joriy yilning fevralida 1029 dollardan sotuvga chiqadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring