Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda «IT-Park» ochilishiga oz fursat qoldi!

O‘zbekistonda «IT-Park» ochilishiga oz fursat qoldi!

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida dastlabki Texnologik park – AT Parkning ochilishiga bag‘ishlangan birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktori Farhod Ibragimov, AT Parki maslahatchisi janob Partasarti, AT Parkining boshqa masul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari xamda taniqli bloggelar ishtirok etmoqda.

Foto:«Xabar.uz»

Matbuot anjumanining asosiy mavzusi joriy yilning 24-iyul kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan AT Parkining ochilish marosimi bo‘ldi. Tadbirda AT Parkining kelgusidagi faoliyati, Texnopark dasturlari – inkubatsiya va akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilish, ushbu dasturlarning tanlov shartlari, AT Akademiyasi faoliyati va AT Parki rezidenti bo‘lish talablari haqida ma’lumot berilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring