Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 30 million dollarlik «data sentr» quriladi (video)

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ijtimoiy ob’yektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Bugungi kunda mavjud serverlar to‘lib borayotgani, sohadagi 300 dan ortiq loyihani amalga oshirish uchun 10 baravar ko‘p quvvatli serverlar zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Axborotlarni qayta ishlaydigan markazlarni ko‘paytirish, xorijiy kreditlar jalb etib, loyiha qiymati 30 million dollarlik «data sentr» qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yurtimizda axborot texnologiyalari sohasida 60 ming kishi mehnat qilmoqda. Yig‘ilishda bu yetarli emasligi ta’kidlanib, soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga eng avvalo mahalliy texnoparklar rezidentlarini jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kelgusi o‘quv yilida «1 million dasturchi» loyihasiga 47 ming nafar o‘quvchini qamrab olish, sohaga zamin yaratish uchun maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring