Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston texnoparklari o‘zaro hamkorlik o‘rnatdi (foto)

O‘zbekiston va Qozog‘iston texnoparklari o‘zaro hamkorlik o‘rnatdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Olmaota shahridagi «DIGITAL ALMATY 2020» forumida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi delegatsiya ham qatnashgani haqida xabar bergandik.

Tashrif davomida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi delegatsiya Qozog‘istonning Innovatsion texnologiyalar parki (Tech Garden)ga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishishdi.

Forum doirasida O‘zbekistonning Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) hamda Qozog‘istonning Innovatsion texnologiyalar parki o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandumni Qozog‘iston Innovatsion texnologiyalar parki rahbari Asqar Sembin va IT-park direktori Farhod Ibragimovlar imzolashdi.

Ushbu memorandum boshlang‘ich ekotizimni rivojlantirish sohasida tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tavsiyalar ishlab chiqish, bilim, tajriba va innovatsion yechimlar almashishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

— O‘zbekistonlik hamkasblar bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni orzu qilardim, mana bugun shu maqsadimizga erishdik. O‘zbekistonning IT-parki mintaqamizdagi eng kuchli mutaxassislarni to‘plagan. Hamkorligimiz juda samarali bo‘lishiga ishonaman, — dedi Asqar Sembin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring