Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston simli internet tezligi reytingida 8 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston simli internet tezligi reytingida 8 pog‘ona yuqoriladi

Irlandiyaning «Speedtest.net» servisi «Speedtest Global Index» har oylik reytingi bo‘yicha 2019-yil iyun oyi natijalarini e’lon qildi. Unda dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekiston simli (qayd etilgan) internet tezligi bo‘yicha barqaror o‘sishni ko‘rsatdi va 8 pozitsiya yuqoriga ko‘tarildi.

Reyting ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda simli internetning o‘rtacha tezligi 13,5 Mbit/s. dan oshdi. 2019-yil aprel oyidan iyun oyigacha 16.22 Mbit/s. (Upload) ga o‘sdi. Mamlakatimiz jahonning 180 ga yaqin davlatidan umumiy reytingda 116-o‘rinni egalladi (8 pozitsiyaga ko‘tarildi). Bu juda barqaror o‘sishdir! Mamlakatimiz ikki oy mobaynida, simli internet reytingida hatto, Ozarbayjonni ham quvib o‘tdi.

Mobil internet tezligi jihatidan O‘zbekiston yana bir bor pozitsiyasini ikki o‘ringa pasaytirib, 132-o‘rinni egalladi.

«Speedtest» tezlikni hisoblab va ulanishda foydalanish tezligini tekshirish uchun servis foydalanuvchilaridan olingan ma’lumotlarga muvofiq reytingni shakllantiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring