Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda yuqoriladi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda yuqoriladi

«Ookla» kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020-yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra yangi reytingni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston to‘rt pog‘onaga yuqoriladi.

Internet tezligi bo‘yicha umumiy reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 104-pog‘onani egallab turibdi va o‘tgan yilning yanvar holatiga nisbatan 15 pozitsiyaga ko‘tarilgan. Bu mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sishdir. Yanvar holatiga ko‘ra biz Gruziya (107-o‘rin), Ozarbayjon (116-o‘rin), Tojikiston (109-o‘rin), Turkmaniston (176-o‘rin)dan yuqoridamiz, deyiladi AKT vazirligi axborot xizmati xabarida.

Umuman, oxirgi yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda simli internet tezligi 2,4 barobar o‘sdi — 10,89 Mbit/c.dan (2019-yil yanvar holatiga) 25,75 Mbit/c.gacha (2020-yil yanvar holatiga).

Mobil internet tezligining oshishida ham O‘zbekiston bir qator natijalarga erishdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 132-o‘rinni egallab, 2019-yil dekabr holatiga nisbatan ikkita pozitsiyaga, yil yakuni bo‘yicha esa beshta pog‘onaga ko‘tarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring