Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘smirlar o‘rtasida eng ommalashgan smartfon

O‘smirlar o‘rtasida eng ommalashgan smartfon

Foto: digiro.ir

«Apple» kompaniyasi AQSh bozorida mustahkam o‘rniga ega, bu yerda «iPhone» smartfonining ulushi boshqa mamlakatlaridagidan kattaroq, yangi o‘tkazilgan tadqiqot esa bu ulush yanada o‘sishi mumkinligini ko‘rsatdi.

«Piper Jaffray» kompaniyasi AQShning 11 shtatida 8600 nafar o‘smir o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi: «Siz hozir qanaqa smartfondan foydalanasiz va kelgusida qaysi rusumdagisini sotib olmoqchisiz?»

Aniqlanishicha, so‘rovnomada qatnashganlarning 82 foizi «ayfon»lardan foydalanyapti, taqqoslash uchun: 2017-yili o‘smirlarning 76 foizida «ayfon» bor edi.

So‘rovda qatnashganlarning 86 foizi «iPhone» sotib olishni rejalashtirayotganini bildirgan, 10 foizi esa androidda ishlovchi o‘z smartfoni bo‘lishini xohlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring