Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«OnePlus 7» smartfoni qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

«OnePlus 7» smartfoni qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Trusted Reviews»

«OnePlus 7» turkumiga kiruvchi smartfonlar 14-may kuni taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya «Twitter»da ma’lum qildi.

Kompaniya ikkita smartfon taqdim etadi: «OnePlus 7» hamda «OnePlus 7 Pro». Ikkinchisi 5G standartini qo‘llaydi. U chetlari bukilgan ekrani bilan ham «OnePlus 7»dan farq qiladi.

Foto: «iXBT.com»

«OnePlus 7» uchtalik asosiy va frontal siljuvchi kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Smartfonga 6,5-dyuymli AMOLED-ekran, «Snapdragon 855» protsessori, «Adreno 640» grafik tezlatuvchisi, tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega 4000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. Qurilmaning narxi 569 dollardan boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring