Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar yonmaydigan va muzlamaydigan o‘ta elastik gel ishlab chiqishdi

Olimlar yonmaydigan va muzlamaydigan o‘ta elastik gel ishlab chiqishdi

Illyustrativ surat

Xitoy va Germaniya olimlari hamkorlikda nano-tasmali aerogel materiali ishlab chiqishdi. U shunchalik pishiqki, 196 daraja sovuq va 1000 daraja issiq diapazonida elastikligini umuman yo‘qotmaydi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabarida aytiladi.

Tadqiqot rahbari, Xitoy FA qoshidagi Suchjou nanotexnologiyalar va nanobionika instituti mutaxasissi Chjan Syuetunning aytishicha, g‘ovaksimon plastinali tuzilishli  material juda yengil — bir kub santimetri 1,5 mg.ni tashkil etadi.

Material ko‘plab marotaba bukilsa, hatto suyuq azotga solinsa ham tuzilishini yo‘qotmaydi. Tadqiqot natijalari «Advanced Functional Materials» ilmiy jurnalida batafsil yoritildi.

Chjan yangi ishlanma aerokosmik soha, yadrodan himoyalanish va boshqa yuqori texnologiyali sohalarda qo‘llamini topishiga umid bildirdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring