Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar ko‘k choydan poyabzal ishlab chiqishdi

Olimlar ko‘k choydan poyabzal ishlab chiqishdi

Ko‘k choydan tayyorlangan poyabzal.

Foto: «Vesti»

Sir emaski, istalgan ishlab chiqarish faoliyatining atrof-muhitga ta’siri bisyor: havo, suv, tuproq ifloslanadi. Masalan, charm mahsulotlari tayyorlash jarayonini olaylik, salbiy ta’siri zavod yoki fabrikadan chiqmasdanoq ma’lum, aksariyat ishchilari salomatligidan shikoyat qiladi.

«Vesti» Obern universiteti xodimi Yang Li tabiiy charm mahsulotlari o‘rniga munosib yechim topgani haqida yozmoqda. Ta’kidlanishicha, tadqiqotchi anchadan beri oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilaridan uzoq muddat ishlab beruvchi mahsulot ishlab chiqish g‘oyasi ustida izlanayotgan ekan.

Bu tadqiqotchi ayol boshchiligidagi guruh tabiiy charm (teri) o‘rniga bioyemiriluvchan materialdan foydalanishni taklif etmoqda. Eng qizig‘i, ushbu muqobil mahsulotga ko‘k choy ishlab chiqarishdan qolgan chiqindilar xomashyo vazifasini o‘taydi.

Aniqlanishicha, choy o‘simligi chiqindilaridan qolgan sellyulozali material xususiyatan tabiiy charmga ancha yaqin ekan.

Amerikalik ekspertlar ushbu material poyabzal tikishda qo‘llanib kelinayotgan tabiiy charm kabi qulay va pishiq bo‘lishiga umid bildirishgan.

To‘g‘ri, ayrim «minuslar» ham bor. Masalan, muqobil materialning bir qatlami yomg‘ir va qorga bardosh bera olmay o‘z xususiyatini tez yo‘qotdi. Shuning uchun tadqiqotchilar xavfsiz sellyulozaning ana shu kamchligini boshqa «ekologik neytral» matolar bilan kuchaytirishga qaror qilishdi.

Avvaliga choy sellyulozasining tepa qatlami kanop tolali mato bilan qoplandi. Keyin esa ikkilamchi ishlovdan o‘tgan ip-gazlama matosi (denim) yordamida bu ikki qatlam qo‘shimcha himoyalandi.

Keyingi bosqichda esa chin ma’noda ekologik toza bir juft poyabzal yasashga muvaffaq bo‘lindi. «Choydan olingan poyabzalning barcha xususiyatlari: og‘irligi, issiqligi, havo o‘tkazuvchanligi, suvga chidamliligi va hokazolar charm poyabzalga solishtirilganida hech bir jihatdan undan kam emas deyishmoqda. Bir jihatini aytmaganda, chidamlilik borasida ham choyli poyabzal charmlisidan qolishmaydi: unga suv tegsa nisbatan tezroq ivib qolarkan va qurishiga ham ko‘proq vaqt ketadi.

Endi amerikalik tadqiqotchilar ekopoyabzalning suvga bardoshlilik sifatini oshirish ustida izlanishyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring