Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olim-robot bezgakka qarshi yangi dori kashf etdi

Olim-robot bezgakka qarshi yangi dori kashf etdi

Foto: «Hi-News»

Kembrij universitetining tadqiqotchilari sun’iy intellekt yordamida bezgakka qarshi yangi dorini yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «Hi-News».

Eslatib o‘tamiz, bezgak — bu Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda har yili yarim milliondan ortiq odamning umriga zomin bo‘ladigan xavfli kasallik hisoblanadi. Bezgakni davolashning qiyin jihati u odam organizmiga kirgach turli dori vositalariga qarshi immunitet ishlab chiqarishni boshlaydi va shu sababli doimo mikroorganizmning «nozik nuqtasi»ni qidirish kerak.

Bezgak plazmodiyasini yengishga yordam beradigan dorini yaratishda olimlar «Eva» nomli robotdan foydalandi. Sun’iy intellekt tahlili natijasida ma’lum bo‘ldiki, yangi dori vositasi sifatida triklozandan (tish pastasi tarkibiga og‘izdagi bakteriyalarga qarshi kurashish uchun qo‘shiladigan vosita) foydalanish mumkin. Triklozan yog‘ kislota va hujayra ozuqasi sintezida ishtirok etadigan fermentdir.

Aniqlanishicha, triklozan bezgak plazmodiyasi bosqichlaridan birining o‘sishini bostirishga qodir. Triklozanni ishlab chiqarish arzonga tushishini hisobga oladigan bo‘lsak, yaqin vaqtlar ichida u ommavish ishlab chiqarila boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring