Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nobel mukofoti sovrindori Dan Shextman IT-parkda bo‘ldi

Nobel mukofoti sovrindori Dan Shextman IT-parkda bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Isroil yetakchi texnologiyalar instituti professori, «kvazikristal»larni kashf etgani bois, 2011-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati bo‘lgan Dan Shextman Toshkentga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

Martabali mehmon bilan IT-parkda ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Isroil davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapira, IT-park bosh direktori Farhod Ibragimov, Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, shuningdek, IT-park startap jamoalari vakillari ishtirok etdilar.

Janob Eduard Shapira O‘zbekistonning IT-sohasini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan katta e’tibor ko‘rsatilayotgani, buning uchun ko‘plab xorijiy mutaxassislar jalb qilinayotganligi haqida ta’kidlab o‘tdi va ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida ilm-fan va IT-sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida IT-park vakillari ko‘plab xorijiy tadbirkorlarning O‘zbekistonning startap-bozoriga bildirayotgan qiziqishlari, jalb qilingan investitsiyalar, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirib berishdi.

IT-parkning maqsadlaridan biri mahalliy IT-mutaxassislar va tadbirkorlarni o‘z faoliyat doiralarini mahalliy bozordan xalqaro bozorga qadar kengaytirishlari uchun qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

Professor Dan Shextman o‘zining faoliyati va ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish yo‘llari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi, shuningdek, IT-park vakillarini netvorkingni kengaytirish uchun o‘tkaziladigan IT-musobaqalarda ishtirok etishga taklif qildi.

IT-park startap-jamoalari professor Dan Shextmanga o‘z loyihalarini taqdim etish va qiziqtirgan savollarini berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring