Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«mGovAward» road-shou: IT-Park jamoasi Farg‘ona vodiysiga bordi (foto)

«mGovAward» road-shou: IT-Park jamoasi Farg‘ona vodiysiga bordi (foto)

Foto: IT-Park

IT-Park jamoasi Farg‘ona vodiysining to‘rt shahri — Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon va Namanganga bordi. Talabalar bilan uchrashuvlarda asosiy mavzu «mGovAward» tanlovi bo‘ldi.

Uchrashuv o‘tkazilgan OTMlar:

  • Andijon davlat universiteti
  • Andijon muhandislik instituti
  • Andijon davlat tibbiyot instituti
  • Andijon qishloq xo‘jalik instituti
  • Farg‘ona davlat universiteti
  • Farg‘ona politexnika instituti
  • TATU Farg‘ona filiali
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali
  • Qo‘qonda davlat pedagogika instituti
  • Namangan davlat universiteti
  • Namangan muhandislik-texnologiya instituti
  • Namangan muhandislik-pedagogika instituti

IT-Park jamoasi bir hafta ichida mingdan ortiq talabalar bilan uchrashib, suhbatlar o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, «mGovAward» tanloviga ixtisoslashgan OTMlar talabalardan tashqari, pedagogika, davolash ishi, filologiya va boshqa fakultetlarda ta’lim oluvchi talabalar ham qiziqish bildirgan.

Tanlovning sharti ham shu: o‘qish yo‘nalishlari va joylashuvidan qat’i nazar, barcha talabalar uchun teng sharoitlar yaratiladi.

Uchrashuvlarda talabalar ushbu tanlovdan tashqari boshlang‘ich ekotizimni rivojlantirish, IT-yo‘nalish va o‘zlarining IT-sohadagi bizneslarini yaratish imkoniyatlari bilan ham qiziqqanlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring