Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meteorologlar 5G dan xavotirda

Meteorologlar 5G dan xavotirda

Foto: «Sailing Magazine»

Beshinchi avlod mobil aloqa standarti (5G) joriy etilsa, atmosferani o‘rganishga hamda ob-havo prognozlari aniqligiga salbiy ta’sirini o‘tkazadimi? «Euronews» yozishicha, meteorologlar ana shundan xavotirda.

Gap shundaki, 5G-tarmoqlar havo namligi haqida ma’lumot to‘plovchi mikroto‘lqinli radiometrlarga xalaqit hosil qilishi mumkin. Yog‘in yog‘ishini oldindan aniqlashda qo‘llanuvchi atmosfera namligini tahlil qiluvchi radiolokatsion tahlilda 24 Ggs.ga yaqin diapazondan foydalaniladi.

«24 Ggs.da suv bug‘i taralishi juda kuchsiz bo‘lgani uchun uni juda sezuvchan asboblardagina tutish mumkin. Biz suv molekulalariga boshqa chastotalarga o‘tinglar deyolmaymiz-ku. Holbuki, 5G mobil aloqasi uchun boshqa diapazonlardan ham foydalanish mumkin. Ammo aloqachilar xuddi shu diapazonga yopishib olishgan», — deydi venger meteorologi Bea Sabo.

Beshinchi avlod mobil qurilmalari ishlab chiqarishda yetakchilardan sanalgan «Huawei» kompaniyasi «Euronews»ning Vengriyadagi bo‘limiga ma’lum qilishicha, bu mamlakatda 5G uchun 26 Ggs. chastotadan foydalanishga ruxsat etilgan. Vengriya aloqa va OAV agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 5G uchun ajratilgan boshqa chastotalar meteorologlar ishlatayotgan chastotalardan yanayam uzoqroq.

Jahonda 5G ning yagona standarti hozircha mavjud emas. Eng istiqbollisi sifatida 3,4-3,8 GGs. diapazonidagilari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring