Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Meizu»ning eng qimmat telefoni sotuvga chiqdi (foto va video)

«Meizu»ning eng qimmat telefoni sotuvga chiqdi (foto va video)

Foto: «Mydrivers.com»

«Meizu» kompaniyasi o‘zining eng qimmat bo‘lishi kutilayotgan 17 Pro Kiln Art Collector’s Edition smartfoni haqida ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda «Mydrivers.com» xabar berdi.

Foto: «Mydrivers.com»
Foto: «Mydrivers.com»

Qayd etilishicha, yangi telefon Xitoyning Sun sulolasi davridagi chinni idishlar rangida bo‘lib, 9999 yuanga baholanmoqda. Bu qariyb 1400 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Foto: «Mydrivers.com»
Foto: «Mydrivers.com»

Konfiguratsiya nuqtai nazaridan smartfon LPDR5 xotirasi bilan standart bo‘lib, simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 3D  kamera, AR o‘lchagich, AR tungi ko‘rish moslamasi va boshqa funksiyalar bilan jihozlangan.

Foto: «Mydrivers.com»

 

Ma’lumot uchun: «Meizu» kompaniyasiga 2003 yilda Xitoyning Chjuxay shahrida Jek Vong tomonidan asos solingan. Ayni vaqtda u Xitoydagi smartfon ishlab chiqaruvchilar eng yirik o‘nligiga kiradi.

Nurillo To‘xtasinov
tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring