Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«MaraPhone»: Afrika o‘zining ilk smartfonlarini chiqardi

«MaraPhone»: Afrika o‘zining ilk smartfonlarini chiqardi

Foto: «YouTube»

Afrikaning Ruanda mamlakatida smartfonlar chiqaruvchi ilk zavod ishga tushdi.

«Mara Group» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi «Mara X» hamda «Mara Z» smartfonlari «Android» amaliy tizimida ishlaydi, narxlari 175 750 ruanda franki (190 AQSh dollari) va 120 250 ruanda franki (130 AQSh dollari)ga teng.

Foto: «Hose.rw»
Foto: «Innovation Village»

«Bu Afrikadagi birinchi smartfonlar zavodi», — dedi «Mara Group» bosh direktori Ashish Takkar.

Uning aytishicha, bu qurilmalar kam pulga yaxshi sifatni istovchilar uchun mo‘ljallangan.

Ammo «Reuters» hozir Afrikada sotilayotgan aksariyat smartfonlar Xitoyda tayyorlangani va «Mara» smartfonlaridan arzonligi haqida yozmoqda.

Takkarning aytishicha, garchi Xitoy kompaniyalari o‘z telefonlarini Misr, Efiopiya, Jazoir va JARda yig‘sa-da, butlovi qismlari chetdan keltiriladi.

«Chin ma’noda mahalliy ishlab chiqaruvchi bizmiz: bitta smartfon uchun kerakli mingga yaqin butlovchi qism — hammasi shu yerning o‘zida tayyorlanadi», — dedi kompaniya bosh direktori.

Ruandadagi «MaraPhone» zavodini qurishga 24 million dollar ketgan, bu yerda kuniga 1200 dona smartfon tayyorlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring