Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreya elchisi AKT vazirligida bo‘ldi

Koreya elchisi AKT vazirligida bo‘ldi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda vazir axborot texnologiyalari sohasida o‘zbek-koreys hamkorligi jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Uchrashuv chog‘ida axborot texnologiyalari, xususan, sohadagi tadqiqotlar, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-ta’limning eng so‘nggi texnologiyalarini joriy etish masalalarining holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring